14 Oktyabr 2022 yil
384
Buvayda tumanida temir mahsulotlarini tanishiga sotib, pullarini ololmadi
Buvayda tumani.2022-yilning 28-sentabr kuni Tarrachi qishlogʻida yashovchi M.O.ning tanishi S.I.ni ishonchiga kirib, uning temir mahsulotlarini 31.500.000 soʻmga sotib olib, pullarini tez kunda berishini aytib aldab, ushbu temir mahsulotlarini boshqa shaxsga 27.000.000 soʻmga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati