Buvayda tumanida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan shaxs aniqlandi
Buvayda tumani.08-aprel kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Buyuk ipak yoʻli MFY hududida yashovchi I.U.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 4 tup koʻknori va 5 tup nasha giyohvandlik oʻsimliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati