Buvayda tumanida talonchilik sodir qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Buvayda tumani. S.X IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 07 mart kuni S.X o'zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, Qo'ng'irot mahalla hududidan o'tib ketayotgan A.A.ni hayoti yoki sog'ligiga xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib, narxi 1.200.000 so'mlik “Samsung A51” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talonchilik yo'li bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o'tadi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati