7 Fevral 2022 yil 555

Buvayda tumanida shisha idishga berkitilgan  “ogʻu"  aniqlandi

Buvayda tumani. 2022-yilning 03-fevral kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, T.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yotoqxonasida yetti dona bir litrli shisha idishga solingan“marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: