24 May 2023 yil 377

Buvayda tumanida savdo doʻkonidan telefon apparatini oʻgʻirlagan ayol fosh boʻldi

Buvayda tumani. J.A IIBga murojaat qilib, unda 08-may kuni noma’lum shaxs, yashash xonadoni oldida joylashgan savdo doʻkonidagi stol ustida qarovsiz qoldirilgan narxi 2.350.000 soʻmlik "Red Mi 10" rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni N.I ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech