16 Noyabr 2021 yil 462

Buvayda tumanida sartaroshxonadan uyali telefon apparati oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Buvayda tumani. 11-noyabr kuni I.I IIBga murojaat qilib, unda 10-noyabr kuni noma’lum shaxs Oqqoʻrgʻon qishlogʻi markazida joylashgan sartaroshxonasida qarovsiz qoldirilgan oʻziga tegishli boʻlgan narxi 1.800.000 soʻmlik “Ми плеи” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech