4 Dekabr 2021 yil 481

Buvayda tumanida qo‘shni respublikaga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib aldagan shaxs javobgarlikka tortildi

 

Buvayda tumani. 2021 yilning sentyabr kuni Jiydali MFYda yashovchi X.B tanishi D.D.ning ishonchga kirib, turmush o‘rtog‘ini Qirg‘iziston Respublikasiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, 1.100 AQSH dollar pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan pullarni qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech