11 Dekabr 2021 yil 531

Buvayda tumanida qimorxona tashkil qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Buvayda tumani. 07-dekabr kunidan 08-dekabr kuniga oʻtar kechasi tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Chang qishlogʻi raqamsiz uyda yashovchi N.R yashash xonadonida 6 nafar fuqarolarga qonunga xilof ravishda tavakkalchilikka asoslangan qimor uynashlari uchun sharoit yaratib, qimorxona tashkil etganligi aniqlanib, 4 dona oshiq toshlari va 1.318.000 soʻm pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan R.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech