Buvayda tumanida pul va tilla-taqinchoqlarni o'g'irlagan shaxs javobgarlikka tortildi
Buvayda tumani. Begabod mahalla hududida yashovchi fuqaro I.T IIBga murojaat qilib, unda 03 mart kuni nomaʻlum shaxs yashash xonadoniga g'ayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadoni yotoqxonasidagi kiyim shkafida bo'lgan narxi 7.200.000 so'mlik turli xil ayollar tilla-taqinchoqlari va 1.050.000 so'm pullarini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʻlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni N.S ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati