14 May 2022 yil 635

Buvayda tumanida plastik karta hisobidan 9.000.000 so'm pullarni o'g'irlagan shaxs aniqlandi

Buvayda tumani.16 aprel kuni fuqaro Y.M IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma'lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik karta hisobidan 9.000.000 so'm pulini yashirin ravishda yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Farg'ona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan va 9.000.000 so'm pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech