10 Mart 2023 yil 345

Buvayda tumanida kuchli taʻsir qiluvchi vositani saqlab kelayotgan shaxs fosh bo'ldi

Buvayda tumani. 2023 yilning 06 fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Buvayda qishlog'ida yashovchi M.O.ning yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, yonidan 9 dona qizil rangli xaltachaga solingan alfa-pirrolidinovalerofenon giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech