Buvayda tumanida “Konteyner” olib berishni va’da qilib tanishini pullarini qoʻlga kiritgan shaxslar javobgarlikka tortildi
Buvayda tumani. 2021-yilni iyun oyi boshlarida A.A. va K.N.lar tanishi Yu.A.ga ikki kun muddat ichida Toshkent shahridan arzon narhda “Konteyner” olib kelishlarini va’da qilishib, uni ishonchiga kirib, 13.000 AQSH dollari miqdoridagi pulini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati