Buvayda tumanida kompyuter oʼyingohida telefon apparatini yoʼqotgan shaxs IIBga murojaat qildi
Buvayda tumani. Fuqaro O.J IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 16 aprel kuni nomaʼlum shaxs Dodxoh mahalla hududida joylashgan kompьyuter oʼyingohida quvvatlash uchun qoʼygan 1.500.000 soʼmlik “Galaxy S 8+” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati