Buvayda tumanida “koʻknori somoni” giyohvandlik moddasini xonadonida saqlagan shaxs aniqlandi
Buvayda tumani. 11 fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Qoʻngʻiroq mahalla hududida yashovchi Gʻ.Gʻ.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, omborxonasidan 1 dona qopda quruq holatdagi va 1 litr xajmdagi bankada “koʻknori somoni” giyohvandlik moddalari saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati