11 Fevral 2023 yil 461

Buvayda tumanida giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs fosh boʻldi

Buvayda tumani.2023 yilning 28 yanvar kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan Bachqir mahallasida yashovchi T.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasidan “gashish”, “marixuana” giyoxvandlik moddalarini saqlab kelayotganligini aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech