6 Mart 2023 yil 367

Buvayda tumanida “gashish” giyohvandlik moddasini yonida saqlagan shaxs aniqlandi

Buvayda tumani. 2023 yilning 23 fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yashnarobod mahalla hududida yashovchi Gʻ.A qarindoshi T.S bilan o'zaro janjallashib ketganligi yuzasidan tuman IIBga olib kelinib, yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech