9 Mart 2023 yil 389

Buvayda tumanida avtomashina salonidan 3.400.000 so'm pullari bo'lgan plastik kartani o'g'irlagan shaxs fosh bo'ldi

Buvayda tumani. Fuqaro Sh.K IIBga murojaat qilib, unda 14 fevral kuni nomaʻlum shaxs Tepalik mahalla hududida yashovchi Sh.K.ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasini ochiq holda qarovsiz qoldirganligidan foydalanib, avtomashinadagi 3.400.000 so'm pullari bo'lgan tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʻlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni O'.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari oilib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech