31 Yanvar 2023 yil 424

Buvayda tumanida 720 AQSh dollarlik tilla-taqinchoqlarini oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga tushdi

Buvayda tumani. Nayman qishlogʻida yashovchi P.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 22 dekabr kuni nomaʼlum shaxs, yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonida boʻlgan narxi 720 AQSh dollarlik tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.Sh, I.F, I.E va A.U.lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan 3 dona ayollar tillo uzugi hamda 4 dona ayollar tilla-taqinchoqlar daliliy ashyo tariqasida olinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech