12 Aprel 2022 yil 725

Boshqaruvni yoʻqotib, piyodani urib bordi

Fargʻona tumani. 11-aprel kuni haydovchi M.I. “Мatiz” rusumli avtomashinasini Novkent MFY hududida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetida turgan piyoda E.F.ni urib yuborishi oqibatida E.F tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli haydovchilar!

Yoʻl harakati qoidalariga amal qiling. Yoʻl qoidasi umr foydasi ekanligini esdan chiqarmang. Qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech