29 Aprel 2025 yil 264

Viloyat IIB boshlig‘i tomonidan  boshqarma binosida fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish, ularning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan bugun qabullar o‘tkazildi.

Qabul davomida 45 ta fuqarolardan turli masalalarda jami 48 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 14 tasi joyida  ijobiy hal etildi. 7 ta murojaat yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rib chiqish talab etilgan 27 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech