30 Iyun 2025 yil
351
Bugun viloyat IIB rahbariyati tomonidan boshqarma binosida fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish, ularning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini ta’minlash maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan qabullar o‘tkazildi.
Qabul davomida 49 nafar fuqarolardan turli masalalarda jami 51 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 14 tasi joyida ijobiy hal etildi. 12 ta murojaat yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rib chiqish talab etilgan 25 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati