"BIZ YoShLАR GIYoHVАNDLIKKА QАRShIMIZ” mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi
Respublikamizda joriy yilning fevralь oyida giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi oʼtkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida joylarda giyohvandlik uning salbiy oqibatlari haqida uchrashuvlar, davra suhbatlari profilaktik tadbirlar oʼtkazilmoqda.
Shunday tadbir Quva tuman IIB, tuman prokuraturasi, davlat xavfsizlik xizmati tuman hokimligi hamkorligida boʼlib oʼtdi.
Yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari hamda oʼgʼil-qizlarning ushbu yoʼlga kirib qolishi ular taqdirini zavol topishiga olib kelishi uqtirildi.
Davra suxbati qizgʼin baxs va munozaralarga boy tarzda oʼtdi. Oʼquvchilar giyohvandlikning salbiy oqibatlari hamda mazkur illat domiga tushib qolmaslik uchun berilgan tavsiyalarga amal qilib faqat sogʼlom turmush tarzini tanlashga vaʼda berishdi.Bu kabi tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati