Birovning kissasiga tushgan oʼgʼri qoʼlga olindi
Fargʼona shahri. 2020 yil 12 mart kuni P.I. Fargʼona shahar IIO FMBga murojaat qilib, shu kuni Fargʼona shahar dehqon bozori hududida choʼntagida boʼlgan narxi 1.400.000 soʼmlik, “Samsung А6” rusumli uyali telefon apparatini oʼgʼirlatib qoʼyganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
169-moddasi 2-qismi “a” bandi (kissavurlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Fargʼona shahrida yashovchi M.M. sodir etganligi aniqlanib, oʼgʼirlangan uyali telefon apparati daliliy ashyo tariqasida olingan hamda M.M. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolarning buyumlarini oʼgʼirlab, oson yoʼl bilan pul topishni oʼziga kasb qilgan shaxslar adashadi. Ularning qilmishlari albatta fosh etilib, qonun oldida javob berishlari taʼminlanadi.
Eslatib oʼtamiz, Oʼzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi(kissavurlik)da koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, besh yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati