Fargʻona viloyatining Beshariq tumanidagi serqatnov yoʻllariga yangi fotoradar va videokuzatuv kameralari oʻrnatildi
Barchamizga yaxshi ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabr kungi «Yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 3989-son Qarori asosida yoʻl harakati qoidalari buzilishini foto-video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Davlatimiz rahbarining 2022-yilning 4-aprel kuni qabul qilingan "Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-190-sonli Qarori ham yoʻl harakati xavfsizligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni sifit jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi.
Ushbu huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Beshariq tumanidagi 2 ta hududga avtomobil tezligini qayd qiluvchi radar qurilmasi oʻrnatildi.
Tuman markazidagi Oltin vodiy koʻchasiga qoidabuzarliklarni aniqlovchi fotovideofiksatsiya vositasi oʻrnatildi. Zamonaviy qurilmalar endilikda haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati