20 Noyabr 2021 yil 533

Beshariq tumanida xonadonga o‘g‘irlikka tushgan shaxslar qo‘lga tushdi

 

Beshariq tumani. 15 noyabr kuni X.Do‘stligi MFY hududida yashovchi X.O imli ayol IIBga murojaat qilib, unda 14 noyabr kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasida bo‘lgan 77.000.000 so‘m va 350 AQSH dollarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.E, Q.A va X.Z sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech