4 Mart 2023 yil 387

Beshariq tumanida xonadondan pul va tillo zanjir o'g'irlagan ayol aniqlandi

Beshariq tumani. Vatan ko'chasida yashovchi J.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yil 19 yanvar kunidan 20 yanvar kuniga o'tar kechasi nomaʻlum shaxs yashash xonadoniga g'ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi shkaf ichida bo'lgan 500 AQSh dollari, 500.000 so'm pul va 1-dona narxi 2.000.000 so'mlik tillo zanjirini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʻlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.S ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olmib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech