Beshariq tumanida velosiped oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Beshariq tumani. 13-fevral kuni fuqaro Q.U. IIBga murojaat qilib, 12-fevral kuni noma’lum shaxs xonadonida boʻlgan narxi 1 300 000 soʻmlik velosipedini oʻgʻirlab
ketganlini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.T sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati