23 Avgust 2022 yil 390

Beshariq tumanida velosiped oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Beshariq tumani. N.A IIBga murojaat qilib, unda 05-avgust kuni noma’lum shaxs Fayziobod mahalla hududidaga bino oldida qarovsiz qoldirgan narxi 1.000.000 soʻmlik velosipedini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni fuqaro R.N sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech