3 Sentyabr 2021 yil 453

Beshariq tumanida uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Beshariq tumani. 31-avgust kuni fuqaro Fayziobod MFY hududida yashovchi fuqaro Q.I IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida joylashgan kompyuter oʻyinlari xonasidagi stol ustida qarovsiz qoldirilgan narhi 1.150.000 soʻmlik “Ред Ми 6” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.T sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech