Beshariq tumanida uyali telefon apparatini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi
Beshariq tumani.M.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 5-may kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narxi 1.500.000 soʻmlik “Samsung А31” rusumli uyali telefon apparatini sotib olishini aytib, firibgarlik yoʻli bilan telefon apparatini qoʻlga kiritib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinma tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni B.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati