Beshariq tumanida toʻyxonadan telefon apparatini oʻgʻirlagan voyaga yetmagan qiz aniqlandi
Beshariq tumani.A.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 30-oktabr kuni noma’lum shaxs Chorbogʻtoʻrongʻi qishlogʻida joylashgan toʻyxonasi ichidagi stol ustida qarovsiz qoldirilgan “Нокиа S50” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan X.Sh ismli qiz sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati