11 Aprel 2022 yil 413

Beshariq tumanida televizor oʻgʻirlagan shaxs fosh etildi

Beshariq tumani. Gambay MFY hududida yashovchi fuqaro K.O tuman IIBga murojaat qilib, unda shu kuni 2022-yilning 20-fevral kunidan 1-aprel kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida boʻlgan narxi 3.000.000 soʻmlik televizorni yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 169-modda 2-qismi “g” bandi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv va qidiruv tadbirlari davomida mazkur oʻgʻirlik jinoyatini shu tumanda yashovchi voyaga yetmagan Y.Gʻ sodir etganligi aniqlanib, televizor xolislar ishtirokida, daliliy ashyo tariqasida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech