Beshariq tumanida telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxslar javobgarlikka tortildi
Beshariq tumani.Fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 15-iyul kuni noma’lum shaxs internet ijtimoiy tarmogʻi orqali sotuvga e’lon berilgan “iPhone 13 Pro Max” telefon apparatini 10.621.000 soʻmga sotib olishga kelishib, oldindan 620.000 soʻm pulini, soʻng 1.000 soʻm kupyuralari bilan qoplangan 1.000.000 soʻm pullarni berib, ushbu pullarni 10.000.000 soʻm ekanligini aytib aldab oʻtkazib, qolgan 9.000.000 soʻm pullarni bermasdan kelishilgan telefon aparatini firibgarlik yoʻli bilan olib ketib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.A va D.A.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati