25 Fevral 2023 yil 447

Beshariq tumanida tavakkalchilikka asoslangan oʻyin tashkil etgan shaxs javobgarlikka tortildi

Beshariq tumani. 2023 yilning 20 fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, X.Yu muqaddam MJtKning 191-moddasi 3-qismi bilan javobgarlikka tortilishiga qaramay, “1ХВЕТ” bukmekerlik kompaniyasi va “MobCash” ilovasini telefon apparatiga yuklab olib, tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun moddiy manfaat evaziga internet jahon axborot tarmogʻi provayderi tomonidan pul oʻtkazish xizmati bilan shugʻullanib kelib, 2023 yilning 18-19-fevral kunlari “1ХВЕТ” bukmekerlik kompaniyasi ilovasi va “MobCash” ilovasi yordamida fuqarolar D.A hisob raqamiga 300.000 soʻm X.M hisob raqamiga 135.000 soʻm pullarini oʻtkazib xizmat koʻrsatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 4-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs qonun oldida javobgarlikka tortilishi haqida eslatib oʻtamiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech