19 Oktyabr 2022 yil 495

Beshariq tumanida talonchilik sodir qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Beshariq tumani.16-oktabr kuni soat 16:00 larda M.X D.X.Olimjon nomli mahalla hududida joylashgan dehqon bozori oldida Yu.N ismli ayolni sumkasida boʻlgan 1.000.000 soʻm pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech