20 Noyabr 2021 yil 520

Beshariq tumanida “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs aniqlandi

Beshariq tumani. 12-noyabr kuni IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, I.Buxoriy koʻchasida joylashgan jome masjidi yonida M.T boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, avtomashina torpedasi ustida gugurt quti ichida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang. 

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech