17 Aprel 2023 yil 392

Beshariq tumanida “gashish” giyohvandlik moddasini yonida saqlagan shaxs aniqlandi

Beshariq tumani. 09-aprel kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Sirdaryo koʻchasida joylashgan markaziy istirohat bogʻida oʻzini shubxali tarzda tutgan Q.A.ning yoni holislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech