8 May 2023 yil 349

Beshariq tumanida gashish giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Beshariq tumani. B.X ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 18-aprel kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, choyxonada oʻzini shubxali tarzda tutgan D.O.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech