Beshariq tumanida choyxonadan temir seyf va uni ichida boʻlgan besh dona muxrlarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi
Beshariq tumani. 25-dekabr kuni fuqaro A.R. IIBga murojaat qilib, unda 23-dekabr kuni noma’lum shaxs Vodiy koʻchasidagi istirohat bogʻi hududida joylashgan choyxona xizmat xonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadagi temir seyf va uni ichida boʻlgan besh dona muxrlarni yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni P.J. va U.S.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati