14 Sentyabr 2021 yil 435

Beshariq tumanida ayolning xonadonidan roʻzgʻor buyumlarini oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga tushdi

Beshariq tumani. 07-sentabr kuni Tol qishlogʻida yashovchi X.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 06-sentabr kunidan 07-sentabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs, yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, oshxonasidan 1.050.000 soʻmlik bir dona mikrotoʻlqinli pechini, bir dona chang yutkich va bir dona termoslarni yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni O.S va M.A.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech