Beshariq tumanida ayolning planshetini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Beshariq tumani. 07-avgust kuni Y.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning fevral oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narxi 4.000.000 soʻmlik planshetini ta’mirlab berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan planshetni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati