22 Dekabr 2022 yil 392

Beshariq tumani qora mollarni sotib olib, pullarini bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Beshariq tumani. 2022-yilning 25-noyabr kuni Yu.O M.U.ning ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan ikki bosh qora mollarini 11.800.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pullarini bir hafta muddat ichida berishini va’da qilib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan qora mollarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech