2 Iyul 2022 yil 359

Beshariq hamda Furqat tumanlarida Fargʻona viloyati IIB rahbariyati ishtirokida jinoyatchilikning oldini olish va profilaktik ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv-amaliy tadbir oʻtkazildi

 

Tadbirda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosarlari, polkovnik I.Tillayev hamda polkovnik M.Sattarovlar ishtirok etib, Respublika idoralararo ishchi guruhining Fargʻonada olib borgan oʻrganishlari yakuni boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildilar.

Ta’kidlanganidek, jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sharoit yaratib bergan omillardan biri kriminogen vaziyatni toʻgʻri baholamaslik, jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorlini toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligini, mahalla faollarida voqea-hodisaga daxldorlik hissini yetishmasligi hisoblanadi.

Bu borasida ayniqsa profilaktika inspektorlarining mas’uliyati katta ekanligi alohida qayd etildi. Bundan buyon, profilaktika inspektori xonadonma-xonadon yurib fuqarolarga oʻzini tanishtirib, bogʻlanish uchun telefon raqamlarini qoldirishi shart, deyildi yigʻilishda.

Joylardagi profilaktika xizmatlari tomonidan tungi xizmatlarni tizimli tashkil etish, jinoyat qilishga moyil shaxslar bilan manzilli ishlash va ularga ta’sir choralarini qoʻllash orqali jinoyatlar salmogʻini kamaytirish mumkin.

Tadbir davomida tergov amaliyoti samaradorligini yanada kuchaytirish boʻyicha takliflar oʻrtaga tashlanib, bajarilgan ishlar koʻrib chiqildi. “Ye” material dasturiy ta’minotidan kelib tushgan har bir xabar va hodisalar asosida tergovga qadar tekshiruvni yuritish tartib qoidalari, tergovga qadar tekshiruvni yuritishda viloyatda yagona amaliyotni joriy qilish maqsadida protsessual hujjat namunalari ishlab chiqilganligi, ushbu protsessual hujjatlarning afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech