Beshariq tumanida plastik kartadan pul yechib olgan shaxs aniqlandi
Beshariq tumani.B.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 04-oktabr kunidan 31-oktabr kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, uning plastik kartasi hisobida boʻlgan 45.603.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, yechib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.T sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati