28 Avgust 2021 yil 463

Beshariq tumanida klinikaga tegishli doʻkonga oʻgʻirlikka tushgan shaxs qoʻlga tushdi

Beshariq tumani. 14-avgust kuni I.D IIBga murojaat qilib, unda 13-avgust kunidan 14-avgust kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Na’muna qishlogʻi markazida joylashgan klinikaga tegishli doʻkon ichidagi rastasi tortmasida boʻlgan tegishli boʻlgan 300 AQSH dollari va 1.100.000 soʻm pullarini derazasini oynasini sindirish yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib, oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Sh.O sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech