25 Mart 2024 yil 1552

Beshariq tumani hududida IIB xodimlari tomonidan tungi xizmatlar olib borilmoqda

Mazkur tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan  tungi vaqtlarda bemaqsad yurgan shaxslar aniqlanib, ushbu fuqarolarni shaxsiga oydinlik kiritilib, ular tomonidan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasliklari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.


Tungi xizmat davomida jami 11 ta ma’muriy huqubuzarliklar aniqlandi shundan, 6 ta spirtli ichimlik iste’mol qilish, 5 ta boshqa turdagi huquqbuzarliklar. O‘tkazilgan tadbirlar davomida fuqarolarga avtomashina, velosipedlarni, chorva hayvonlari va boshqa buyumlarini qarovsiz va nazoratsiz qoldirmasliklari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.


Tuman hududidagi o‘quv muassasalari, savdo do‘konlari va tashkilot qorovullarini xizmat vaqtida hushyorligi tekshirilib, xizmat vaqtida hushyor turishliklari to‘g‘risida ogohlantirildi.


Tadbir davomida jami 129 ta ob’ektlar ya’ni, 36 ta umumiy ovqatlanish shaxobchalari, 17 ta ko‘ngilochar maskanlar, 38 ta maktab va bolalar bog‘chalari isitish tizimlari hamda 38 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tekshirildi.


Aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. Tungi xizmat har kuni kuchaytirilgan tartibda tumanning barcha hududlarida xizmat olib bormoqda.  

 

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech