Barchamizga yaxshi ma’lumki, dunyoda tinchlik va osoyishtalikdan azizroq ne’mat va bebaho boylik yo‘q. Bu ne’mat esa o‘zi o‘zidan yuzaga kelmaydi
Huquq-tartibot organlarining
o‘zaro hamkorlikdagi xizmatlari, fuqarolarning xushyorligi, jamoat xavfsizligi hamda
qonunlarga itoatkorligi bu ne’matning asosiy omilidir.
Hududlarda jinoyat
va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyat barqarorligini
ta’minlash bevosita ichki ishlar organlari xodimlari oldiga katta mas’uliyat yuklaydi.
O‘z oromidan, tinchidan,
huzur-halovatidan, kerak bo‘lsa, o‘z jonidan ham kechib yurtimizda osoyishtalikni
saqlab turgan ichki ishlar organlari xodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish,
uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash
borasidagi mashaqqatli xizmatlari esa e’tirof etishga loyiqdir.
Ayni kunlarda Farg‘ona
viloyati ichki ishlar boshqarmasi, uning tarkibiy tuzilmalari va sohaviy xizmat
xodimlari zimmalariga yuklatilgan vazifalarni namunali bajarib, fuqarolarimizning
osoyishta yashashini ta’minlamoqda.
Shu maqsadda bevosita
viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida kunduzgi va tungi tezkor
profilaktik tadbirlar, reydlar, huquqiy targ‘ibot ishlari muntazam olib borilmoqda.
Yo‘l pаtrul va patrul
post xizmati xodimlari hamda Milliy gvardiya harbiy hizmatchilarining mustahkam
hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholi
gavjum joylar, bozorlar, istirohat bog‘lari, ko‘ngilochar maskanlarda qo‘shimcha
patrullik guruhlari va mobil postlar tashkil etilgan.
Olib borilayotgan
targ‘ibot tadbirlari davomida har bir fuqaroning
hushyorligini yanada oshirish, begona va shubha uyg‘otuvchi shaxslarga befarq bo‘lmaslik,
jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlanmoqda.
Ogohlik - davr talabi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tunu kun aholi tinchligi uchun xizmat olib borarkan,
bunga javoban fuqarolarimiz ham hamisha xushyor va sergak, qonunbuzarliklarga qarshi
murosasiz munosabatda bo‘lishi kerak.
Zero, ahillik va
o‘zaro hamjihatlik bor joyda tinchlik, osoyishtalik hamda taraqqiyot bardavom bo‘ladi.
Shuni aslo unutmaylik!