Bank oldida qarovsiz qoldirilgan velosipedni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. S.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 04-iyul kuni noma’lum shaxs Shoxruxobod koʻchasida joylashgan bank binosi oldidagi velosipedlar qoʻyish uchun moʻljallangan joyda qarovsiz qoldirilgan narxi 1.800.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati