Bagʼdod tumanida yoʼlovchining yonida giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi
Bagʼdod tumani. 2023 yil 02 fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida tuman markazida joylashgan dehqon bozorida ketayotgan X.А toʼxtatilib uni yoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda sport kiyimi choʼntagidan 2 dona “Spichki” nomli gugurt qutisiga solingan “Marixuana” giyohvandlik moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bagʼdod tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati