Bagʻdod tumanida xonadondan suv nasosini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Bagʻdod tumani. 10-avgust kuni Paxta qishlogʻida yashovchi T.X ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 09-avgust kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xovlisida boʻlgan suv nasosini oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (kissavurlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati